AsosiyJamiyat

Po`lat Bobojonov O`zbekiston voleybol federasiyasi raisi bo`ldi

'Po`lat Bobojonov O`zbekiston voleybol federasiyasi raisi bo`ldi'ning rasmi

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po`lat Bobojonov O`zbekiston voleybol federasiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

“Ayni daqiqalarda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasida O`zbekiston voleybol federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po`lat Bobojonov federasiya raisi lavozimiga saylandi”, deyiladi MOQ xabarida.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston voleybol federasiyasi 1991 yilda tashkil etilgan. Tashkilotga Abduqodir Toshqulov raislik qilib kelayotgandi.

    Boshqa yangiliklar