AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqarolarni noqonuniy yo`llar bilan AQSh va Meksikaga jo`natayotgan shaxslar qo`lga olindi (video)

'Samarqandda fuqarolarni noqonuniy yo`llar bilan AQSh va Meksikaga jo`natayotgan shaxslar qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Samarqandda fuqarolarni noqonuniy yo`llar bilan AQSh va Meksika davlatiga yuborish bilan shug`ullangan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, huquqni muhofaza qilish organlariga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shaxrida yashovchi «J» ismli shaxs firibgarlik yo`li bilan noqonuniy tarzda AQSh davlatiga jo`natish ishlari bilan shug`ullanib kelayotganligi, hozirda Evropa davlatlari orqali Meksika davlatiga, shundan Amerika qo`shma shtatlariga olib o`tishligini va`da qilib, har bir shaxs uchun 27.000 AQSh dollar miqdorida pullarni so`rab, oldindan hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 10.000 AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganligini aytgan.

Arizaga asosan, 2023 yil 10 fevral kuni Samarqand shahrida tezkor tadbir o`tkazilib, ikki nafar shaxslar ariza muallifidan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi hamda ulardan 8 dona xorijga chiqish fuqarolik pasportlari, 4 dona fuqarolik pasportlari hamda ushbu (shaxslarga tegishli xorijga chiqish uchun) to`plangan hujjatlar tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.



Holat yuzasidan M.X. va Sh.Sh.larga nisbatan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar