Turkiyada dahshatli zilzila vayronalari ostidan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.
Xususan, zilziladan 261 soat o`tib Antakyaning Odaboshi tumanida 26 yoshli Mehmet Ali Shakiro`g`li va 34 yoshli Mustafo Avji vayronalar ostidan qutqarildi. Antakyaning Odaboshi ko`chasida vayronalarni tozalagan qutqaruv guruhi vayron bo`lgan uyning plitalari orasiga siqilgan ikki fuqaroga duch kelishgan. Olib borilgan harakatlardan so`ng, har ikkala fuqaro qutqarib olingan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shifoxonaga etkazilgan.
Zilziladan 260 soat o`tgach, Hatay viloyatining Antakya shahrida bino vayronalari ostidan 14 yoshli bola qutqarib olindi. Bola Ekinji viloyatidagi Buket uyi vayronalari ostidan topilgan. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgach, bola kasalxonaga etkazilgan.
Qahramanmarashda zilziladan 257 soat o`tib vayronalar ostidan yana bir ayol qutqarildi. Qutqaruv ishlari natijasida 29 yoshli Neslihan Kilinch Ebrar ko`chasidagi xarobalar ostidan qutqarildi. Neslihanga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shifoxonaga etkazildi.
Ma`lumot uchun, episentri Turkiya janubi-sharqida bo`lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni ayni paytga qadar 36,1 ming kishidan oshdi.





