"O`zgidromet" 17 fevral kungi ob-havo ma`lumotlarni e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yomg`ir yog`adi, shimolda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






