Joriy yilning boshidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan 6 nafar shaxs Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan aybsiz, deb topilib, reabilitasiya qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
- Takroran kassasiya instansiyasining 11 yanvardagi ajrimi bilan xorazmlik Nodirbek Atadjanov;
- apellyasiya instansiyasining 13 yanvardagi hukmi bilan toshkentlik Shahzod Maxmudov;
kassasiya instansiyasining 25 yanvardagi ajrimi bilan samarqandlik Azzam Isakov;
- takroran kassasiya instansiyasining 30 yanvardagi ajrimi bilan xorazmlik Sherzod Sultanov;
- apellyasiya instansiyasining 2 fevraldagi ajrimi bilan Toshkent viloyatidan Sherzod Bobojanov va Xayrullo Dadaev oqlanib, ularga oid jinoyat ishlari yurituvdan tugatilgan.
16.02.2023 00:27
6 nafar shaxs aybsiz deb topilib, reabilitasiya qilindi






