Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev "Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to`g`risida"gi Konstitusiyaviy qonun o`z kuchini yo`qotgani to`g`risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oqo`rda xabar berdi.
Yangi qonun bilan Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev va uning oila a`zolari bir qator imtiyozlardan mahrum etildi.
Endi:
- Nazarboev oilasi byudjet hisobidan alohida ta`minlanmaydi.
- Xodimlar bilan ta`minlangan ofisga ega bo`lmaydi.
- Davlat qo`riqlash xizmatining maxsus otryadidan mahrum etiladi.
- Nazarboevning qarindoshlari jinoiy ta`qibdan immunitet huquqini ham yo`qotadi.
Lekin Nazarboev qonunda ko`zda tutilgan ba`zi imtiyozlarni saqlab qoladi. Masalan:
- Parlament palatalarining qo`shma majlislarida qatnashishi mumkin.
- U kvartira, dacha, qo`riqlash xizmati va haydovchisi bo`lgan avtomashina bilan ta`minlanadi.






