AsosiyJamiyat

Boysunda 3 nafar fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani rostmi?

'Boysunda 3 nafar fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 3 nafar fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, Sho`rchi tumanida yashovchi fuqaro N.Aliqulova ijtimoiy tarmoqlar orqali akasi G`.A., opasi D.A. va qarindoshi U.X.larni Boysun tuman IIB xodimlari urib tan jarohati etkazgani haqida murojaat e`lon qilgan. Bu bo`yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Boysun tumani IIB xodimlari fuqaro Q.A.ning somonxonasida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha 2022 yil 28 noyabrda G`.A. va U.x.ni tuman IIBga olib kelib, suhbat o`tkazishgan. Shundan so`ng ularga javob berilgan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi 2022 yilning 12 dekabr kuni JPK  364-moddasi 1-qismi, 1-bandi (ish bo`yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo`lgan shaxs aniqlanmaganligi) asosi bilan harakatdan to`xtatilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi xulosalarida G`.A. va U.X.larda tan jarohati yo`qligi ko`rsatilgan.

Fuqaro D.A. 2022 yil 29 noyabr kuni Boysun tumani IIBga kelgan va  Navbatchilik qism tezkor navbatchisi bilan o`zaro tortishib qolgan. Ushbu tortishuv jarayoni tuman IIBga o`rnatilgan kuzatuv kamerasiga to`liq yozib olingan. Aniqlanishicha, uni biror-bir shaxs urib tan jarohati etkazmagan.

Biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli 2022 yilning 30 dekabr kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar