Rossiya Ukraina bilan chegaraga samolyotlarni to`plamoqda. Bu yangi hujumga tayyorgarlik bo`lishi mumkin, deya yozmoqda "Zamon.uz" Financial Times'ga tayanib.
"NATO ittifoqchilari bergan razvedka ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya Ukraina bilan chegarada samolyot va vertolyotlarni to`plamoqda. Bu bir joyda depsinib qolgan hujumni qo`llab-quvvatlash uchun aviasiya bo`linmalari tashlanayotganini anglatadi", — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Bryusseldagi matbuot anjumanida bu xabarga izoh berib, yaqin kunlarda Rossiya xech qanday havo hujumlariga tayyorlanmayotganini ma`lum qildi.






