AsosiyJamiyat

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e`tiroz bildirdi

'Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e`tiroz bildirdi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hududiy bo`linmalarining mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o`tkazilayotgani bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, prezidentning «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar mas`uliyatini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni loyihasida ushbu vazirlikning hududiy bo`linmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga o`tkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik, davlat idoralar bilan kelishish uchun Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uz`ga joylashtirilgan.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha bo`lib, rasmiy kuchga ega emas. Ayni damda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan farmon loyihasidagi tegishli bandlar bo`yicha e`tiroz bildirilib, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o`tkazilgan, — deyiladi bayonotda.

Vazirlik bu jarayonda soha xodimlari va jamoatchilik vakillarining xavotiriga o`rin yo`qligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar