Astronavt Rayyana Barnavi joriy yilning bahorida NASA missiyasi doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga uchadi.
U biotibbiyot fanlari magistri bo`lib, ixtisosligi — saraton va ildiz hujayralarini tadqiq qilish.
Qayd etilishicha, Rayyana Barnavining missiya tarkibiga kiritilishi Saudiya Arabistoni rasmiylarining qirollikni modernizasiya va isloh qilish strategiyasida muhim qadamdir. Ar-Riyod so`nggi paytlarda ayollar huquqlarini ta`minlash hamda mamlakatni faqat o`ta konservativ qadriyatlar ustunlik qiladigan hudud imidjidan xalos qilish uchun bir qator choralar ko`rmoqda.






