AsosiyDunyo

"Turkiyada zilzila bilan bog`liq 6200 ta yolg`on xabar tarqalgan", – Fahrettin Altun

'"Turkiyada zilzila bilan bog`liq 6200 ta  yolg`on xabar tarqalgan", – Fahrettin Altun'ning rasmi

Xabaringiz bor, Turkiya va Suriyadagi dahshatli zilzila "Asr falokati" deb ataldi. Birgina Turkiyaning o`zida so`nggi ma`lumotlarga ko`ra zilzila qurbonlari soni 31,6 ming kishidan oshdi.

Falokat fonida turli feyk xabarlarlar tarqaldi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Kommunikasiyalar rahbari Fahrettin Altun yangi bayonotini e`lon qildi.

Ma`lum bo`lishicha, katta ofatdan so`ng darhol zilzila qurbonlarining hayotini xavf ostiga qo`ygan jiddiy dezinformasiyalar tarqaldi. Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikasiyalar boshqarmasi fuqarolarni dezinformasiyadan himoya qilish maqsadida “Dezinformasiya haqida xabar berish xizmati”ni faollashtirilgan.

Elektron hukumat va mobil ilovalar orqali Dezinformasiya haqida xabar berish xizmati (DBS)ga kelib tushgan yolg`on ma`lumotlar va yangiliklar soni hozirda taxminan 6200 taga etdi. 

"Fuqarolarimiz Dezinformasiya haqida xabar berish xizmati (DBS)ga yolg`on ma`lumot bergan bo`lsada, ko`pincha xabarning to`g`risini ham etkazishgan",– dedi Fahrettin Altun.

Dezinformasiya xizmatiga xabar qilingan va mutaxassislar tomonidan aniqlangan ko`plab yolg`on yangiliklar kundalik dezinformasiya byulleteni hamda @iletisim va @dmmiletisim ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali jamoatchilikka etkaziladi.

"Xalq sifatida katta ofatni boshdan kechirayotgan mana shunday og`ir kunlarda, afsuski, dezinformasiya qanchalik inson hayotini xavf ostiga qo`yuvchi unsur ekanligini yana bir bor guvohi bo`ldik. Haqiqatni ochib berishga intilayotgan barcha ehtiyotkor va mas`uliyatli fuqarolarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman",–deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar