Joriy yilning 21 fevral kuni Toshkentda "O`zbekiston Gidlari forumi - 2023" VI an`anaviy Gidlar forumi o`tkaziladi.
Tadbir O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Madaniy meros obektlari muammolarini o`rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Ta`kidlash joizki, tadbir “Ekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovasiyalar” mavzusiga bag`ishlanadi.
Ushbu forum hamkorlikning yangi yo`nalishlarini rivojlantirishga turtki bo`ladi, ekskursiya jamoatchiligiga innovasion texnologiyalar va yangi ta`lim loyihalarini taqdim etadi.
Ma`lumot uchun, 21 fevralm – Xalqaro gidlar kuni hisoblanadi.






