AsosiyJamiyat

Samarqanddan Rossiyaga uchayotgan samolyotda nosozlik yuzaga keldi

'Samarqanddan Rossiyaga uchayotgan samolyotda nosozlik yuzaga keldi'ning rasmi

Samarqanddan Rossiyaning Samara viloyatiga 13 fevral kuni uchgan Utair aviakompaniyasiga tegishli samolyotda nosozlik yuz berdi. Bu haqda Air Incident telegram kanali xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot Qozog`iston havo hududida parvoz qilayotgan paytda TCAS tizimi (havoda samolyotlar to`qnashuvining oldini olish tizimi) ishlamay qolgan. Shunga qaramay, ekipaj samolyotda favqulodda holat e`lon qilmasdan parvozni davom ettirgan hamda mahalliy vaqt bilan soat 21:31 da Kurumoch aeroportiga qo`ngan.

    Boshqa yangiliklar