Gidrometeorologiya xizmati markazi 7 viloyat aholisiga qor ko`chish xavfi munosabati bilan tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 16-18 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O`sh” avtoyo`lining “Qamchiq” dovonidan o`tgan qismida qor yog`ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko`rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo`lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, joriy yil 14-20 fevral kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik sababli respublikaning tog`li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo`stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog`larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona tumanlarida qor ko`chish xavfi elon qilinadi.






