AsosiyJamiyat

Jizzaxda fuqaro bo`rini so`yib, kallasini uzib oldi

'Jizzaxda fuqaro bo`rini so`yib, kallasini uzib oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanining Uchturgon qishlog`ida fuqaro tomonidan bo`rining so`yilishi aks etgan suratli xabar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

Xabarda aytilishicha, Jizzax viloyati boshqarmasi ekologik inspeksiyasi tomonidan o`rganish olib borilgan.

O`rganishlar davomida Yangiobod tumani "Havotog`" QFYning Uchturgon qishlog`ida yashovchi fuqaro  J.Z.   tomonidan bundan ikki yil oldin ushbu holat sodir etilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o`n baravari, ya`ni 3 mln. so`m miqdorida jarima qo`llanildi.  

    Boshqa yangiliklar