Aslida ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum shaxslar tomonidan yana bir O`zbekiston fuqarosi - 1975 yilda tug`ilgan va Namangan viloyatida doimiy yashab kelgan Shoxista Niyazova zilzila oqibatida qulagan bino ichida vafot etganligi to`g`risida xabar tarqatilgan edi.
Mazkur xabar asosida Bosh konsulxonamiz ushbu vatandoshimizni qidirib topishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi xabar qilmoqda.
"Konsulxona tomonidan Sh.Niyazova shifoxonaga olib borilib ko`rikdan o`tkazildi. Unga zaruriy tibbiy muolaja ko`rsatildi, hozirda uning sog`lig`i qoniqarli axvolda.
Sh.Niyazovani qisqa muddatlarda Vatanimizga yuborish choralarini ko`rmoqdamiz" deyiladi xabarda.






