AsosiyJamiyat

"Rossiyalik o`qituvchilarning esa o`rni bo`lak. Ular og`alar. Ko`ngli nozuk"

'"Rossiyalik o`qituvchilarning esa o`rni bo`lak. Ular og`alar. Ko`ngli nozuk"'ning rasmi

Etti nafar rossiyalik o`qituvchilarning yanvardan mayga qadar Toshkent shahrida ijarada yashash uchun ketadigan 217 mln so`mlik xarajatlari byudjet hisobidan qoplab beriladi. Bu haqdagi  Toshkent shahar hokimining farmoyishi jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

"Bu degani har bir rossiyalik o`qituvchi uchun har oyda 6,2 mln.so`mdan, ya`ni qariyb 600 dollardan to`lab beriladi degani, deyladi "bakiroo" kanalida. 

O`zbekistonda eng boy byudjet hisoblangan Toshkent shahar byudjetini istagan yo`nalishda o`zlashtirish va sarflash mumkin, lekin aslo o`zimizning o`qituvchilar daromadini oshirish uchun emas. Rossiyalik o`qituvchilarning esa o`rni bo`lak. Ular og`alar. Ko`ngli nozuk.

Yashash qiymati viloyatlarga nisbatan karrasiga baland Toshkentda pedagoglarga haq to`lash viloyatlar bilan bir xil. Viloyatlar bilan bir darajada bo`lgan maoshlarga Toshkentda oila boqish tugul, alohida shaxsning o`rtacha hayot kechirishi juda qiyin masala. O`qituvchilar poytaxtda eng kambag`al va zaif toifaga aylanib bo`lgan". 

Bulogerning qayd etishicha, normal davlatlarda, hatto unchalik normal bo`lmagan davlatlarda ham poytaxt miqyosida yashash qiymatini hisobga olib pedagoglarda qo`shimcha ustamalar belgilanadi. Bu ta`lim sifatini bir me`yorda ushlash bilan birga pedagoglarning boshqa ish haqi balandroq sohalarga o`tib ketmasligini oldini oladi. 

"Moskvadayam shunday, Astanadayam shunday, Hatto byudjeti Toshkentnikidan kichik bo`lgan Qirg`iziston poytaxti Bishkekda ham o`qituvchilar uchun shahar byudjetidan ustamalar bor. Lekin Toshkentda unday emas emas.

Axir o`qituvchilarga ustama bersak, byudjetning uchdan bir chayiladigan obodonlashtirishga pul qaydan o`zlashtiriladi? Uqalanib ketadigan trotuar va bordyurlar  nima bo`ladi? Sovuq urishini bilib turib, qayta va qayta ekiladigan gullar-chi?

Pedagoglarning abgor holati va poytaxt maktablari degradasiyasi bilan ularning nima ishi bor?", - bloger shu kabi kinoyali savollarni o`rtaga tashlaydi.

Blogerning ushbu fikrlarini qo`llab-quvvatlovchilar uning postini o`z kanallarida ulashishmoqda. 

    Boshqa yangiliklar