AsosiyJinoyat

Kattaqo`rg`onda fuqaroni Koreyaga ishga jo`natishni va`da qilgan shaxs ushlandi

'Kattaqo`rg`onda fuqaroni Koreyaga ishga jo`natishni va`da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Kattaqo`rg`on shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A. fuqaro F.ni tanishlari orqali 5 oy muddatga Koreya Respublikasiga ishga jo`natishni va`da qilib, evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar