Ijtimoiy tarmoqlarda "Moxi Xossa roddom"da yana ona o`limi kuzatilgani haqida xabar chiqarildi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan "darakchi.uz" ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashagan 1999 yilda ayol 9 mart kuni tug`ish uchun kasalxonaga kelib, egizak farzandlarni dunyoga keltirganidan 2 kun o`tib, vafot etgan.
Marhumaning o`limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






