Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro F.A. o`zining “Kamaz” va “Volvo” rusumli maxsus texnikalari yordamida “Qashqadaryo” daryosi o`zanidan 5 064,2 m3 qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






