Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari raisligida davom etayotgan yig`ilishda sanoat yarmarkalari faoliyati ham tubdan qayta ko`rib chiqishga ko`rsatma berildi. Bunda:
- tayyor mahsulotlarga xaridor topish bilan birga mahalliylashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar bo`yicha biznes-rejalar ham qilinadi;
- loyihaga qiziqish bildirgan tadbirkorlar yarmarkaning o`zida banklar bilan moliyalashtirish shartlarini kelishib oladi;
- buyurtmachilar loyiha tashabbuskorlari bilan 3 yil muddatgacha kafolatli xarid shartnomalarini tuzadi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga “Ekspomarkaz”ning 1 ta pavilonida doimiy ishlaydigan sanoat yarmarkasini tashkil etish, viloyat markazlarida, shuningdek, sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “shou-rumlari”ni ishga tushirish topshirildi.
Shu bilan birga, 1 apreldan:
- yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining yarmi;
- mahalliy korxonalarning mahsulotlarini xorijda sertifikatlash xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi.






