Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda piyoda ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida xabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Xabarga ko`ra, 6 mart kuni soat 21:50 larda, Samarqand shahri, Firdavsiy ko`chasida joylashgan "Ilxom" choyxonasining qarshisida haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan Sh.A. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 1977 yilda tug`ilgan O.B.ni urib yuborgan.
Shundan so`ng, bir yo`nalishda ortidan harakatlanib kelayotgan "Cobalt" avtomobili erda yotgan ushbu fuqaroni bosib o`tgan.
Natijada, piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






