AsosiyJamiyat

Samarqandda boshqaruvni yo`qotgan "Lacetti" haydovchisi jarlikka tushib ketdi

'Samarqandda boshqaruvni yo`qotgan "Lacetti" haydovchisi jarlikka tushib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyati Payariq tumanida boshqaruvni yo`qotgan mashina jarlikka qulab tushib ketibdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi

Ma`lum bo`lishicha, 2022 yilning 17 fevral kuni soat 15:30 larda 1994 yilda tug`ilgan X.R. o`zining boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinasini Pastdarg`om tumanidan o`tuvchi 4R-46 yo`lining 16-km.da boshqarib kelayotgan vaqtida, old tomonida ketayotgan avtomashinani noto`g`ri quvib o`tishi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan. Natijada yo`lning o`ng tomonidagi ariqqa tushib ketib YTH sodir qilgan.

Avtomashinada haydovchining yakka o`zi bo`lgan. YTH natijasida haydovchi engil jarohat olgan va unga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Hodisa yuzasidan Pastdarg`om tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar