"O`zgidromet" bugun, 8 mart ob-havosini prognoz qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarimida, respublikaning qolgan hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-16° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtda kechga tomon yomg`ir yog`adi. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






