AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ilk bor buyrak ko`chirish amaliyoti o`tkazildi  

'Qashqadaryoda ilk bor buyrak ko`chirish amaliyoti o`tkazildi   'ning rasmi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida ilk bor buyrak transplantasiyaci amaliyoti muvaffaqiyatli o`tkazildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yakkabog`lik 41 yoshli bemor ayolga 43 yoshli akasi bir buyragini berishga qaror qilgan.

"Poytaxtdan borgan mutaxassislar — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To`laganov, markaz xirurgiya bo`limi rahbari Farhod Xadjibaev rahbarligidagi 13 kishilik guruh hamda markazning Qarshi filiali vakillari ishtirokida tashkil etilgan buyrak ko`chirib o`tkazish amaliyoti 7 soatdan ortiq davom etdi",-deya ma`lum qilinadi xabarda.

Amaliyotdan so`ng bir necha daqiqa o`tgach, ko`chirib o`tkazilgan buyrak ishlashni boshlagan. Ayni paytda aka-singilning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar