Iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash «Ulug`bek» jamg`armasi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi e`lon qilindi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligining Matbuot xizmati Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Tanlovda yosh iqtidorlardan:
- O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lishi;
- Aniq bir g`oya yoki loyihaga ega bo`lishi;
- IQ test natijasi 110 balldan past bo`lmasligi;
- Turli tanlovlarda g`olib bo`lganligi to`g`risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo`lishi so`raladi.
Uch bosqichdan iborat tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda bo`lib o`tishi belgilangan. Jumladan:
Andijon viloyati - Jalaquduq tumani;
Andijon viloyati - Xo`jaobod tumani;
Farg`ona viloyati - Quva tumani;
Jizzax viloyati - Baxmal tumani;
Har bitta tumandan eng yaxshi deb topilgan 5 ta loyiha tanlovning viloyat bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritadi va BHMning 5 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Yurtimizning chekka hududlaridan yosh iqtidorlarni kashf qilish maqsadida o`tkazilayotgan ushbu tanlov orqali iste`dodli yoshlar bosqichma-bosqich saralab olinmoqda.






