Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 445 125 810 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon 5 994 937 kishi vafot etgan.
Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 79 265 726 nafar, vafot etganlar soni 958 437 nafarni tashkil qildi.
Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42 962 953 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 515 036 ni tashkil qiladi.
Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 29 40 800 kishi kasallangan, ulardan 652 126 kishi vafot etgan.






