AsosiySport

O`zbek sportchisi Avstraliyada o`tayotgan musobaqada kumush medalga sazovor bo`ldi

'O`zbek sportchisi Avstraliyada o`tayotgan musobaqada kumush medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston engil atletikachisi Roksana Xudoyorova Avstraliyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda. U bugun yana bir yo`nalishda medal qo`lga kiritdi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabariga ko`ra, Tokio-2020 ishtirokchisi Roksana bu gal uzunlikka sakrash dasturida qatnashib, kumush medalga sazovor bo`ldi. U musobaqada 6.12 m natija qayd etgan.

Eslatib o`tamiz, Xudoyorova kecha uch hatlab sakrash dasturida 13.60 m ko`rsatkich bilan oltin medalni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar