Namanganda fuqaroning mashinasini olib qochib ketib, uni boshqa shaxsga sotib yuborgan guruh qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 2022 yil 28 fevral kuni soat 16:00 larda, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan fuqarolar jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib, Chust tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan fuqaroni aldab, guyoki uzum mahsulotini sotib olishini aytib, Yangiqo`rg`on tumanida joylashgan mevalarni saqlash omborxonasiga chaqirib, fuqarolar uni chalg`itib gaplashib turgan vaqtlarida fuqaroning boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasini olib qochib ketib, Namangan shahrida boshqa shaxsga sotib yuborgan.
Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 mart kuni O`z.R.JKning 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar.






