AsosiyJamiyat

Ukrainadan Moldova orqali ham O`zbekistonga qaytsa bo`ladimi?

'Ukrainadan Moldova orqali ham O`zbekistonga qaytsa bo`ladimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko`ra, bir qancha fuqarolar, Ukrainadan Moldova orqali ham Vatanga qaytsa bo`ladimi, mazmunida savollar bermoqda.  

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov bu bo`yicha javob berdi.

“Ukrainaning Moldova Respublikasi bilan chegaradosh joylarida yashovchi 200 ga yaqin fuqarolarimiz boshpana izlab Moldova hududiga o`tgan. Moldova tomoni insonparvarlik nuqtayi nazaridan, fuqaroligidan qat`i nazar, o`z hududiga kirayotgan barcha shaxslarni tashish, joylashtirish, ovqatlantirish va boshqa zarur masalalarda ko`mak bermoqda.

O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan Moldovada bo`lib turgan vatandoshlar masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilish maqsadida ko`ngillilar guruhi shakllantirildi. Moldovada bo`lib turgan o`zbekistonliklarning keyinchalik o`z Vataniga evakuasiya qilinishini tashkil etish uchun ularning ro`yxati va ma`lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Hozirgi paytda Polsha orqali evakuasiya qilishning asosiy ustuvor ekanligini inobatga olgan holda, fuqarolarimizni Moldovadan qaytarish masalasi keyinroq ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mazkur mamlakat havo hududi aviaqatnovlar uchun yopiqligicha qolmoqda”, - deydi Kabuljanov.

    Boshqa yangiliklar