"Manchester Yunayted" Karlo Anchelottini bosh murabbiylikka taklif qilishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "qizil iblislar" rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga tajribali mutaxassisni taklif qilmoqchi. Anchelotti esa bunga munosib variant sifatida qaralmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, "Manchester Yunayted" Maurisio Pochettino bilan kelisha olmasa, Karlo Anchelotti variantiga to`xtalmoqchi.
Italiyalik mutaxassis ayni vaqtda "Real" klubini boshqarmoqda va jamoa bilan La Liga chempionligi uchun asosiy da`vogar bo`lib turibdi.






