O`zbekiston Superligasining 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
"Paxtakor" klubi Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o`ynadi hamda 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Dragan Cheran va Xojimat Erkinovlar gol muallifiga aylandi.
"Bunyodkor" esa Toshkentda "So`g`diyona"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o`ynadi.
Namanganda esa "Navbahor" klubi "Nasaf" bilan bahslashdi. Turning markaziy bellashuvida ham nursiz durang qayd etildi.
Superliga, 1-tur
"Navbahor" – "Nasaf" 0:0
Dinamo" – "Paxtakor" 0:2
Gollar: Dragan Cheran - 31', Hojimat Erkinov - 34'
"Bunyodkor" – "So`g`diyona" 0:0






