Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljonov ma`lum qildi:
28-fevral kuni homilador ayolga tibbiy yordam ko`rsatishga to`g`ri kelib qoldi. U zudlik bilan tez yordam mashinasida shahar shifoxonasiga etkazilib, sifatli tibbiy yordam ko`rsatildi. Shundan so`ng hamyurtimiz avtomashinada aeroportga – to`g`ridan-to`g`ri samolyot bortiga etkazildi va eson-omon Toshkentga uchib keldi.
Shu bilan birga vazirlik vakili quyidagi savolga javob berdi:
Homilador ayollar Polsha hududiga o`tganda tug`ruq boshlansa, nima qilish kerak?
Polshadagi Elchixona xodimlari fuqarolarimiz bilan bog`liq masalalar bilan shug`ullanmoqda, ularni aeroportda yig`ish va samolyotga chiqishini nazorat qilmoqda.
Elchixona so`roviga ko`ra yurtdoshlarimizga zarurat tug`ilganda yordam ko`rsatish uchun aeroport yaqinida doimiy ravishda 3 ta tez tibbiy yordam mashinasi navbatchilikni amalga oshirmoqda. Aeroport rahbariyati tomonidan bolali onalarning dam olishi uchun maxsus qulayliklar ajratilgan.






