AsosiySiyosat

Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

'Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 mart kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

O`zbekiston-Qozog`iston do`stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat etakchi korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq qo`shma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surish borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholandi.

O`zbekiston va Qozog`iston etakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telefon orqali muloqot har doimgidek do`stona va ishonch ruhida o`tdi.

    Boshqa yangiliklar