AsosiyDunyo

Rossiyaning yirik yuk kemasi La-Manshda hibsga olindi – TASS

'Rossiyaning yirik yuk kemasi La-Manshda hibsga olindi – TASS'ning rasmi

Bugun, 26 fevral kuni La-Mansh bo`g`ozida Rossiyaning “Baltic Leader” yuk kemasi qo`lga olindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sanksilar ostida qolgan kema Bulon-syur-Mer kommunasi portiga jo`natilgan. Xabarda aytilishicha, kema ekipajida 19 kishi bo`lgan.  

“Baltic Leader” keyingi taqdiri sudda hal qilinadi. Ma`lum qilinishicha, kemada yangi avtomobillar olib ketilayotgan edi. 

"19 kishidan iborat ekipajga qirg`oqqa chiqishga ruxsat berilgan, ular erkin harakatlana oladilar. Ekipajni Fransiyada joylashtirish shartlari haqida hozircha ma`lumot yo`q. Kemaning keyingi taqdiri sudda hal qilinadi", -  dedi Rossiyaning Parijdagi elchixonasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Makogonov.

    Boshqa yangiliklar