AsosiyJamiyat

"Qamchiq"da yuk avtomobili "avariya"ga uchradi

'"Qamchiq"da yuk avtomobili "avariya"ga uchradi'ning rasmi

Hodisa vaqti avtomashinada haydovchi va yo`lovchi bo`lgani aytiladi.

FVV ma`lumotiga ko`ra, ushbu noxush vaziyat joriy yilning 17 yanvar kuni 16:55 larda   "Toshkent-O`sh"avtomobil yo`lining 195 km. da sodir bo`lgan.

"Vodiy - Toshkent"yo`nalishda harakatlangan "HOWO" yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotish oqibatida  avtotransport vositasi yo`l chetidagi kyuvetga tushib ketgan va yonboshlab qolgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar etib borib, hamkorlikda, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.

Hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan. Ta`kidlanishicha,  mashina yuksiz kelayotgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar