AsosiyJamiyat

Davlatimiz rahbari ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo`yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi

'Davlatimiz rahbari ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo`yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan, bunday maktablarda:

- o`quvchilar xalqaro ta`lim dasturlari asosida zamonaviy o`quv darsliklari bilan ta`minlanadi;

- 9-sinfga kelib o`quvchilar kamida 1 ta xorijiy til bo`yicha milliy va xalqaro sertifikat olishlari ta`minlanadi;

- yuqori sinf o`quvchilarining bevosita korxonalarda amaliyot o`tashi tizimi joriy qilinadi;

- maktablarga ixtisosligidan kelib chiqib Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralari biriktiriladi.

"Umuman, ixtisoslashgan maktablar ta`lim, ilm va amaliyotni o`ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak", dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar