Koronavirusning “omikron” shtammi dunyo aholisini yana ihotalanishga majbur qildi. Ayniqsa, pandemiyaning yangi to`lqini avj olayotgan mamlakatlar qo`shimcha karantin cheklovlari orqali kasallikning keng tarqalishiga to`siq qo`ymoqchi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabarida aytilmoqda.
Masalan, Germaniyada jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish taqiqlandi. Vaksina olmagan va “manfiy” test natijasi bo`lmaganlar restoranu barlar, teatru tomoshagohlar hamda fitnes klublariga kirishdan mahrum.
Fransiyada buster-doza bilan emlanish uchun aholiga 7 oy muddat berildi. Chunki hozir bu erda kunlik kasallanish holatlari cho`qqiga chiqqan. Masalan, 15 yanvarda mamlakatda 324 ming kishida SOVID-19 infeksiyasi aniqlangan.
Daniyada ham mutaxassislar emlanishga katta umid bog`lashyapti. Shu sababli u Evropada to`rt dozali vaksinani qo`llagan birinchi davlat bo`ldi.
Gresiyada esa 60 yoshdan oshgan emlanmagan fuqarolar jarimaga tortila boshladi. To`lov miqdori 50 evroga teng va kelgusi oydan u ikki barobar oshiriladi.
Hindiston pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish ko`rsatkichlari bo`yicha jahonda ikkinchi o`rinda. Bu erda jami kasallanganlar soni 37 million nafardan oshgan. Ulardan 486 ming nafari SOVID-19 asoratlari tufayli hayotdan ko`z yumgan.
Hozir ham mamlakatda epidemiologik vaziyat murakkab. Mahalliy shifokorlar aholidan hech bo`lmaganda bu yil Gang daryosida ommaviy cho`milish marosimida ishtirok etmaslikni so`ragan. Biroq bu ogohlantirishlarga qaramay, kecha 350 ming kishi yoppasiga suvga tushdi.
Rossiya esa epidemiologik vaziyat oldingi pandemiya to`lqinidan ham xavotirli tus olishidan tashvishda. Misol uchun, kecha mamlakatda qariyb 29 ming kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Mutaxassislar 1 fevralga qadar kasallanish ko`rsatkichlari 65 mingga etishi mumkin, deb prognoz qilishmoqda.
Xitoyda kelgusi oyda 4 yillikning muhim tadbiri — qishki Olimpiada o`yinlari o`tkazilishi kerak. Lekin karantin choralari qanchalik kuchaytirilmasin, mamlakatda musobaqaga 18 kun qolganida ilk “omikron” holati ro`yxatga olindi.
Yaponiyada esa koronavirusning ushbu mutasiyasini yuqtirgan bemorlar orasida birinchi o`lim holati qayd etildi.
Amerikalik olimlar ana shunday murakkab vaziyatda, ya`ni “omikron” shtammining tez sur`atlarda tarqalishi oqibatida koronavirusning yangi mutasiyalari paydo bo`lishi mumkin, degan xulosani aytishdi. Shu sababli ular emlanish, ayniqsa qo`shimcha dozada vaksina olish eng samarali va to`g`ri chora ekanligini ta`kidlashmoqda.
Mavzuga doir:
O`zbekistonda kasallanish pandemiya boshidan buyon rekord darajaga etdi






