Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, tegishli vazirlik va idoralarning taklifiga bilan kecha, ya`ni 15 yanvardan O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolari kesib o`tishi vaqtincha to`xtatildi.
Vazirlikning qayd etishicha, bunga so`nggi kunlarda O`zbekistonda oshayotgan COVID-19 bilan kasallanish ko`rsatkichlari sabab bo`lgan.
Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda birgina 15 yanvarda 13,6 ming kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.
Bu 11 yanvarga nisbatan qariyb 9 ming, 14 yanvarga nisbatan esa 1,2 mingta ko`p ko`rsatkichdir.
Shunga qaramay, O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib o`tishi bilan bog`liq cheklovlar quyidagi shaxslarga tatbiq etilmasligi aytilmoqda:
- havo yo`llari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
- chegaradosh temir yo`l stansiyalari va avtomobil o`tkazish chegara
- punktlari orqali vataniga qaytgan O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolari (keyingi o`rinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
- hukumatlararo kurerlik aloqasi xodimlari;
- xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;
- rasmiy (hukumat) delegasiyalari tarkibida bo`lgan shaxslar;
- diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ularning oila a`zolari;
- Qozog`iston hududida joylashgan O`zbekiston ob`ektlari, shuningdek, O`zbekiston hududida joylashgan Qozog`iston ob`ektlariga xizmat ko`rsatuvchi xodimlar;
- ushbu davlatlarda investisiya loyihasi doirasida o`z faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston, shuningdek, Qozog`iston fuqarolari;
- O`zbekistonda doimiy yashovchi Qozog`iston fuqarolari, shuningdek, Qozog`istonda doimiy yashovchi O`zbekiston fuqarolari;
- mazkur davlatlarda ta`lim oladigan tomonlarning fuqarolari;
- og`ir kasal bo`lgan yaqin qarindoshlarini ko`rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimida qatnashish zarurati tufayli tibbiy maqsadda kiruvchi (ketayotgan) tomonlarning fuqarolari;
- vafot etgan O`zbekiston fuqarolarining jasadini olib borishda Qozog`iston hududida va Qozog`iston fuqarolarining O`zbekiston hududida hamrohlik qilayotgan tomonlar fuqarolari.






