AsosiyDunyo

Qozog`istondagi tartibsizliklarda halok bo`lganlar soni ochiqlandi. Ulardan 19 nafari polisiya va harbiylar

'Qozog`istondagi tartibsizliklarda halok bo`lganlar soni ochiqlandi. Ulardan 19 nafari polisiya va harbiylar'ning rasmi

Qozog`istondagi tartibsizliklar paytida 4,5 mingdan ortiq odam tan jarohati oldi, 225 nafar halok bo`lganlarning jasadi o`likxonalarga etkazildi. Bu haqda Qozog`iston Bosh prokuraturasi jinoiy prokuratura xizmati rahbari Serik Shalabaev shanba kuni bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi.

"Hozirgi kunga qadar 4578 nafar qurbonlarning shaxsi aniqlangan, ulardan 4353 nafari jarohatlangan, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarining 3393 nafar xodimi. Favqulodda holat joriy etilganda 225 nafar halok bo`lganlar mamlakat o`likxonalariga etkazilgan", — dedi u. Shalabaev qurbonlar orasida 19 nafar polisiyachi va askar ham borligini qo`shimcha qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, halok bo`lganlarning bir qismi “terror xurujlarida qatnashgan, binolarga hujum qilgan va huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilgan qurolli banditlardir”.

"Afsuski, tinch aholi ham terrorchilik harakatlari qurboniga aylangan”, - dedi Shalabaev.

Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 225 nafar halok bo`lganlardan 175 nafari tibbiyot muassasalarida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar