AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin

'Ertaga O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, 16 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim tumanlarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Samarqand, Jizzax viloyatlarinig ayrim tumanlarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar