Qozog`iston energetika vaziri o`rinbosari Jumabay Karag`aev, elektron savdo maydonchalari rahbarlari va Mang`istau viloyatida suyultirilgan gaz narxining asossiz oshirilishiga aloqador shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda respublika Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati xabar bergan.
Ma`lum qilinishicha, sud qarori bilan Jumabay Karag`aevga nisbatan ikki oy muddatga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Interfaks agentligi xabariga ko`ra, tergov davom etayapti. Ammo hozircha boshqa ma`lumot oshkor qilinmagan.
Eslatib o`tamiz, 2019 yil dekabrda Jumabay Karag`aev energetika vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Ammo avvalroq mamlakat bosh vaziri saytida Karag`aev lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan.






