Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federasiyasi — IFFHS XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko`p gol kiritgan futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi. Unga ko`ra, hamyurtlarimiz Anvar Berdiev va Zafar Xolmurodov 71 va 83-o`rinlarni egalladilar. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
Statistikani tuzishda XX asrda kiritilgan gollar ham ko`rsatib o`tilgan, lekin futbolchilar egallagan o`rinlar faqatgina XXI asrda kiritilgan gollar soni bo`yicha taqsimlangan.






