Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yakkasaroy tumanining KXAY va Bobur ko`chalari kesishmasida joylashgan avtomobil yo`l o`tkazgichining aeroport yo`nalishidagi tomonining bitta yo`lagini ta`mirlash ishlari boshlandi. Yo`lsozlik tadbiri 15 kun davom etadi.
️Shu sababli mazkur yo`l o`tkazgichning aeroport yo`nalishi tomoniga harakat mavjud uchta yo`lakning ikkitasida amalga oshiriladi.






