O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo kirib kelmoqda. Hududlarning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni havo 14-17° iliqgacha, Farg`ona vodiysida 8-11° iliqgacha isiydi.
Faqat respublikaning shimoli-g`arbiy hududlarida bulutli bo`ladi, Qoraqalpog`istonda va kunning ikkinchi yarmida Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi, havo harorati 2-7° iliqdan oshmaydi.
Dam olish kunlari O`zbekistonda beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda – respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yakshanba kuni yog`ingarchilik ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
Ushbu kunlarda havo harorati biroz pasayadi, yakshanba kuniga 9-14° iliqgacha pasayadi.
15-16 yanvar kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yomg`irli beqaror ob-havo keyingi haftaning boshida ham saqlanib turadi. Havo haroratining pasayishi davom etadi va qish o`rtasi uchun kuzatilgan me`yor 5-8° iliq, shimolda 3-8° iliq qiymatlarga etadi.






