AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 2134 nafar haydovchi mashinasini mast holda boshqargan

'Qashqadaryoda 2134 nafar haydovchi mashinasini mast holda boshqargan'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat sudining tahlillariga ko`ra, 2021 yil davomida Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo`yicha sudlari tomonidan 2134 nafar shaxs (2020 yilda – 1933) O`zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi bilan javobgarlikka tortilib;

1797 nafariga jarima (shundan 1693 nafariga jarima bilan birga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi);

336 nafariga ma`muriy qamoq jazosi;

1 nafariga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ma`muriy javobgarlikka tortilganlarning 14 nafarini ayollar, 2120 nafarini erkaklar tashkil qiladi. 

Shu bilan birga, javobgarlikka tortilganlarning 462 nafarini yoshlar (18-30 yosh), 76 nafarini 60 yoshdan oshganlar, 1 nafari voyaga etmagan shaxslardir.

    Boshqa yangiliklar