AsosiyJamiyat

Yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o`rtasida bosh sovrini avtomobil bo`lgan yutuqli o`yin tashkil etiladi

'Yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o`rtasida bosh sovrini avtomobil bo`lgan yutuqli o`yin tashkil etiladi'ning rasmi

2022 yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o`rtasida qimmatbaho yutuqli o`yin (bosh sovrin — avtomobil) tashkil etiladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Shuningdek, vazirlik koronavirus bilan bog`liq vaziyatn va emlash chora-tadbirlari haqida ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, so`nggi vaqtlarda butun dunyoda yanada keng tarqalayotgan koronavirus infeksiyasining navbatdagi to`lqini yurtimizni ham chetlab o`tmadi. Kasallikning “omikron” shtammi mamlakatimizda ham aniqlandi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko`ra, emlash  koronavirus kasalligini oldini olishning yagona yo`lidir. Jumladan, COVID-19ning turli shtammlari, xususan, tez tarqaluvchi “omikron”ga qarshi kurashda ham mavjud vaksinalar ijobiy natija bermokda. Tahlillar vaksinasiya darajasi yuqori bo`lgan davlatlarda ushbu shtamm tufayli kasallanish darajasi past va engil o`tayotganini ko`rsatgan. 

 

 

    Boshqa yangiliklar