Kecha yurtimizda 820 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, umumiy sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizga tushdi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 13 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 203297 (+824) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-16 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-17 nafari Andijon viloyatida,
-11 nafari Buxoro viloyatida,
-47 nafari Jizzax viloyatida,
-36 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-5 nafari Navoiy viloyatida,
-15 nafari Namangan viloyatida,
-41 nafari Samarqand viloyatida,
-15 nafari Sirdaryo viloyatida,
-5 nafari Surxondaryo viloyatida,
-30 nafari Farg`ona viloyatida,
-28 nafari Xorazm viloyatida,
-124 nafari Toshkent viloyatida,
434 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 197942 (+239) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1511 nafarni tashkil qildi.
Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.
Afsuski, so`nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilib, kasallikka qarshi to`liq emlanishlarini so`rab qolamiz.






