AsosiyJamiyat

Farg`onada 120 askar 10 kilometr masofa bo`ylab 1100 kv.m.li ulkan bayroqni olib o`tdi

'Farg`onada 120 askar 10 kilometr masofa bo`ylab 1100 kv.m.li ulkan bayroqni olib o`tdi'ning rasmi

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Farg`ona shahrida harbiy parad bo`lib o`tdi. 

Bu haqda maxsus muxbirimiz Ahror Ziyodov xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, Farg`ona shahar havo desantchilaridan iborat 120 kishilik tarkib 10 kilometr masofa bo`ylab 1100 kv.m. bo`lgan bayroqni olib o`tishdi.

Tantanavor musiqa sadolari ostida o`tib borayotgan harbiy xizmatchilarni shahar aholisi va mehmonlar ko`tarinki kayfiyat bilan kuzatib, olqishlab turishgan.

    Boshqa yangiliklar