AsosiyJamiyat

Vatan himoyachilari kuni nega aynan 14 yanvar kuni nishonlanadi?

'Vatan himoyachilari kuni nega aynan 14 yanvar kuni nishonlanadi?'ning rasmi

Erkaklar uchun ma`lum bir kun bayram sifatida nishonlanmagani uchun ham bu kunni erkaklar bayrami ruhida nishonlashga ham odatlanib qolganmiz. Aslida esa vatan himoyasida xizmatda bo`lgan va bo`layotgan barcha erkak-u ayol yurtdoshlarimizning bayrami keng nishonlanadigan bu kun nega aynan 14 yanvar sanasiga belgilangan?

SANA TARIXI

1993 yil 29 dekabr. O`zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom  Karimov imzosi bilan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to`g`risida” O`zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Nega aynan 14 yanvar kuni etib belgilangani sababi esa Qonunda quyidagicha ifodalangan:

"O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo`lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini, shuningdek O`zbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning 1992 yil 14 yanvardan respublika yurisdiksiyasiga o`tkazilganligini inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi. 14 anvar – Vatan himoyachilari kuni etib belgilansin”. Mazkur qonun 1994 yilning 22 yanvaridan kuchga kirgan.

O`ZBEKISTON ARMIYaSINING XALQARO REYTINGDAGI O`RNI, XARBIY XIZMATChILARI VA TEXNIKALARI SONI

Global Firepower Index xalqaro reytingiga ko`ra, O`zbekiston armiyasi 2021 yilda 51-o`rinning egalladi. Reyting ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston armiyasi 70 ming harbiy xizmatchidan iborat bo`lib, uning tarkibida 194 ta havo texnikasi, 420 ta tank, 98 ta yoppasiga o`q uzish tizimlari, 1,2 ming zirhli texnika, 60 ta artilleriya quroli mavjud.

MARKAZIY OSIYoDA BIRINChI

Shu bilan birga, mamlakatimiz Markaziy Osiyoda birinchi o`rinni egalladi (Qozog`iston – 61, Turkmaniston – 86, Qirg`iziston – 93, Tojikiston – 99). Sobiq SSSR davlatlari orasida esa  O`zbekiston to`rtinchi o`rinni egallab, faqat Rossiya (2-o`rin), Ukraina (25-o`rin) va Belarus (50-o`rin) armiyalaridan ortda qolmoqda.

DARVOQE!

O`zbekiston Qurolli Kuchlari tarixi bo`yicha ko`proq ma`lumotlarga ega bo`lishni xohlasangiz, O`zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga tashrif buyuring. 1965 yilda Markaziy ofiserlar uyi qoshida Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi sifatida tashkil etilgan ushbu manzilda turli davrlarga oid 10 mingdan ziyod eksponatlar o`rin olgan.  Muzey binosi Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida – Mudofaa vazirligi binosi yonida joylashgan. Bino oldida “Vatanga qasamyod” haykali ham mavjud.

                   Sardorbek Rahmonqulov 

    Boshqa yangiliklar